23 noy 15:20
Yangiliklar
Boks/MMA
"Devis har doim oson yo'lni tanlaydi". Rayan Garsiya Jervonta Devis bilan jang qilmoqchi
Engil vazn toifasida amerikalik bokschi Rayan Garsiya 17-18 yoshidan ber hamyurti Jervonta Devisga qarshi jang qilishni istashini aytdi.
"Men bu jangni 17 yoki 18 yoshligimdan beri so'rayman, lekin Devis har doim oson yo'lni tanlaydi. Buni uning jangini ko'rib bilishingiz mumkin. SHunday qilib, nihoyat maqsadimga erishdim. Jang tashkil etiladi va men uni bilan jang qilaman.
Biz hammamiz birlashdik va Devis ham bu jangi xohlashini tushundi. Uning Romero bilan jangini ko'rganimda, g'alabadan keyin Devis menga ishora qilib: "Keyingisi sensan", deyishini kutgandim. O'sha paytda bu haqiqatga yaqinroq edi. O'sha kundan keyin men jang tashkil etishimizni talab qila boshladim. Endi u bu jangga tayyor, to'g'ri bu qiyin edi. Lekin, biz buni uddaladik. Oldinda bizni katta jang kutib turibdi", - dedi Garsiya.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar