So’nggi yangiliklar

12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0

03 jan 10:10
Yangiliklar

Boks/MMA

Dilshodbek Ro'zmetov AQSHdagi promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi

Yarimog'ir vazn toifasidagi bokschimiz Dilshodbek Ro'zmetov AQSHning "Fight Game Advisors" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.

24 yoshli charm qo'lqop ustamiz 2021 yilning dekabr oyida prof boksda debyut qilgan edi. SHundan so'ng u prof ringda 3 ta jang o'tkazdi va barchasida g'alaba qozondi.

Havaskor boksda 2019 yilda Ekaterinburg (Rossiya) shahrida tashkil etilgan jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan, Tokio-2022 Olimpiadasi ishtirokchisi, 2021 yilda Dubay (BAA)da o'tkazilgan Osiyo chempionati g'olibi hisoblangan Dilshodbek Ro'zmetov mashg'ulotlarni AQSHda davom ettirmoqda.

"Fight Game Advisors" kompaniyasi prezidenti Piter Kan Ro'zmetov bilan kelishuv elon qilingach, bokschimiz haqida iliq fikr bildirdi:

"Men Dilshodbek bilan uning professional faoliyatiga yo'l-yo'riq ko'rsatish uchun hamkorlik qilayotganimni elon qilishdan juda mamnunman. 2020 yilgi Olimpiadada O'zbekiston sharafini himoya qilganidan so'ng uning uslubi professional darajaga moslashtirilganini ko'rish mumkin edi. Men oldinda nimalar kutayotganidan hayajondaman".

O'z o'rnida Dilshodbek Ro'zmetov ham bu kelishuvdan mamnun ekanini yashirmadi:

"O'zbekistonda boks boshqa sport turlariga qaraganda ko'proq rivojlangan. Yaxshi bokschilarning barchasi yirik promouterlar bilan shartnoma imzolagan. Men Piter Kan bilan shartnoma imzoladim va chin dildan ishonamanki, men o'zbekistonliklar orasida katta promouter bilan shartnoma imzolab, jahon chempioni bo'lish ilinjidagi navbatdagi bokschiman. Piterning tajribasi va muvaffaqiyati bilan men o'z oldimda katta imkoniyatlar paydo bo'lishiga shubha qilmayman," - dedi Ro'zmetov.

Dilshodbek Ro'zmetov hozirda Florida shtatining Boka-Raton shahrida Artyom Kuzminov va Derik Santos bilan birgalikda mashg'ulot olib bormoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing