23 sen 19:00
Yangiliklar
Tennis
Dimitrov - bu natijani qayd etgan yagona tennischi!
Dunyoning sobiq uchinchi raketkasi Grigor Dimitrov CHendudagi turnirning ikkinchi davrasida Xuan Pablo Varilyasni 6:3, 6:4 hisoblari bilan mag'lub qildi.
Bolgariyalik tennischi uchun bu faoliyatidagi 400-g'alaba bo'ldi (268 mag'lubiyat ham bor). SHu orqali Dimitrov 1990 yildan keyin tug'ilgan tennischilar ichida bu natijaga erishgan yagona tennischiga aylandi.
Umuman olganda Dimitrov g'alabali o'yinlari soni bo'yicha hozirgi kunda faoliyatini davom ettirayotgan tennischilar ichida to'rtinchi bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : atptour.com
Fikrlar