22 iyu 16:13
        Yangiliklar	
	
				
				    Sambo			    
				 
				
			 
				"Dinamo sport o'yinlari"da birinchi bo'lgan sambochilarimiz O'zbekistonda kutib olindi
Xabar berib o'tganimizdek, Rossiya Federaciyasining Qozon shahrida "Dinamo" sport jamiyatining 100 yilligiga bag'ishlab, "Dinamo sport o'yinlari" bo'lib o'tdi. 
			Ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasining azolari, shuningdek O'zbekiston "Dinamo" Jismoniy tarbiya-sport jamiyatining terma jamoasi sambochilari ham ishtirok etib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallaganliklari haqida malum qilgandik.
Vakillarimiz 21 ta terma jamoa ichida 5 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi bo'lishgandi.
Kecha chempionlarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

            Havola            :         
                    Manba                : t.me/uzbekistan_sambo
             
			
Fikrlar