So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

28 iyu 22:49
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo, Eshkak eshish, Futbol, Parij-2024

Diyora Keldiyorova Parij Olimpiadasida oltin medalni qo'lga kiritdi (barcha natijalar)

Teglar :  Parij-2024
28 iyul kuni Parij Olimpiadasida ikkinchi kun bahslari bo'lib o'tdi.

O'zbek sportchilari unda quyidagicha natija qayd etishdi: 

Dzyudo, 66 kg: Sardor Nurillaev ilk bosqichda braziliyalik Uilyan Limaga imkoniyatni boy berdi.  

Dzyudo, 52 kg: Diyora Keldiyorova barcha raqibalarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi.

Akademik eshkak eshish, engil vaznli juftlik. SHahzod Nurmatov/Sobir Safaraliev tandemi o'z guruhida beshinchi bo'lib keldi va finalga chiqa olmadi. 

Boks, 92 kg vaznli Lazizbek Mullojonov Italiya vakili Aziz Abbes Muxiddinni 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga yo'l oldi. 



Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilarning qayd etayotgan natijalaridan xabardor bo'lib turishingiz mumkin bo'ldi. 

SAHIFANI YANGILASH


21:45. OLTINNNN!!! -52 kg vaznli dzyudochimiz Diyora Keldiyorova finalda Kosovo vakilasi Distria Krasnichini mag'lubiyatga uchratdi va Olimpiada chempioniga aylandi!


20:27. Diyora Keldiyorova endi finalda Kosovo vakili Distria Krasnichiga qarshi bahs olib boradi. Kosovolik dzyudochi Tokio Olimpiadasida -48 kg vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritgandi. Uchrashuv taxminan 21:10 dan so'ng boshlanadi. 


20:16. Dzyudo. Diyora Keldiyorova yarim finalda franciyalik Amandin Busharga qarshi tatamiga chiqdi va g'alaba qozondi! FINAL!


19:56. -92 kg vaznli bokschimiz Lazizbek Mullojonov kelib chiqishi arab millatiga mansub, Italiya sharafini himoya qilayotgan Aziz Abbes Muxiddinga qarshi jang qildi va 4:1 hisobida g'alaba qozondi. 


19:25. Birozdan so'ng bokschimiz Lazizbek Mullojonov ringga ko'tariladi. SHuningdek Diyora Keldiyorova yarim finalda tatamiga ko'tariladi. 


15:45. Diyora Keldiyorova endi yarim finalda kechki dasturda franciyalik Amandin Busharga qarshi tatamiga chiqadi. Sportchimiz ishtirokidagi bahs taxminan 20:00dan so'ng boshlanadi.


15:32. Diyora Keldiyorova germaniyalik raqibasini mag'lubiyatga uchratdi! Raqibadagi uchta shido evaziga Diyora yarim finalga yo'l oldi!


15:15. Akademik eshkak eshish. SHahzod Nurmatov/Sobir Safaraliev tandemi saralashdagi ishtirokini yakunladi. Yigitlarimiz 5 ta terma jamoa ichida marraga 5-bo'lib etib kelishdi. Ular endi o'tish bahslarida qatnashishadi. Lekin baribir medallar uchun imkoniyat yo'qoldi.


14:30. Keldiyorova navbatdagi jangini germaniyalik raqibga qarshi o'tkazadi. Taxminan 15:15 dan so'ng boshlanadi. 


14:18. Sardor Nurillaev esa afsuski braziliyalik raqibiga mag'lub bo'ldi. 


14:15. DAHSHAT!!!! Diyora Keldiyorovada g'alaba! U Olimpiada va jahon chempioni Uta Abeni katta ustunlik evaziga mag'lubiyatga uchratdi! Ajoyib g'alaba!


14:00. Ikki dzyudochimizning chiqishi deyarli bir vaqtga to'g'ri kelib qolmoqda.


13:32. Dzyudochilarimizning chiqishigacha yana 4 tadan jang bor. Taxminan 15 daqiqalardan so'ng boshlanadi.  


13:10. -52 kg vazn toifasida kutilganidek Abe g'alaba qozondi. Endi u hamyurtimiz Diyora Keldiyorovaga qarshi bahs yuritadi. 


13:05. Dzyudo bahslari boshlandi. Bizning sportchilar taxminan 13:30 dan so'ng tatamiga chiqishadi. 


Bugun quyidagi sportchilarimiz bahslarda qatnashishadi: 

13:00 dan so'ng: Dzyudo, 66 kg: Sardor Nurillaev - Uilyan Lima (Braziliya), (1/16 final)

13:00 dan so'ng: Dzyudo, 52 kg: Diyora Keldiyorova - Yuta Abe (Yaponiya) va Kelli Deguchi (Kanada) bahsi g'olibiga qarshi, (nimchorak final)

15:00. Akademik eshkak eshish, engil vaznli juftlik. SHahzod Nurmatov, Sobir Safaraliev (saralash).

19:35. Boks, 92 kg. Lazizbek Mullojonov - Aziz Abbes Muxiddin (Italiya), (nimchorak final).

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing