05 sen 09:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Dmitriy Bivol Beterbievga qarshi ringga chiqadimi?
Jahon chempioni Dmitriy Bivol Artur Beterbiev bilan ehtimoliy birlashtiruvchi jang haqida gapirdi.
"Bilasizmi, har safar chempionlik uchun jang haqida o'ylayman va buni xohlayman. Lekin menga Beterbiev bilan jang taklif qilinmadi. Mutlaq jahon chempionlik kamari uchun kurash haqida ko'p gapirish mumkin, ammo bu qanday tashkil etilishini hammamiz yaxshi bilamiz. Kimdir buning uchun jiddiy kurashishi lozim.
Men uchun Beterbiev bilan uchrashuv Alvares bilan revanshdan muhimroq, albatta. Bu Beterbiev bilan jang bo'lgani uchun emas, balki uchta kamarga ega bo'lgan yigit bilan jang qilish imkoniyati tufayli. Ular meni birinchi raqamli yoki autsayder deb bilishlari muhim emas", - dedi Bivol.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar