12 may 19:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Dmitriy Bivol navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazmoqchi ekanligini aytdi
Yarimog'ir vazn toifasida WBO kamari sohibi Dmitriy Bivol navbatdagi jangini Beterbiev - Smit jangi g'olibiga qarshi o'tkazmoqchi.
Beterbiev va Smit o'rtasidagi kamarlarni birlashtiruvchi jang 18 iyun kuni bo'lib o'tadi.
"Beterbiev - Smit jangida hamyurtimning g'alaba qozonishga ishonmoqdaman. Biroq Smit ham juda kuchli bokschi. Men jang g'olibiga qarshi ringga ko'tarilishni istayman",-deb fikr bildirgan Dmitriy Bivol.
Agar Bivol Beterbiev - Smit jangi g'olibiga qarshi ringga ko'tarilsa, bahs mutlaq jahon chempionligi uchun o'tkaziladi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar