11 sen 17:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Dmitriy Bivol: "O'sha vaqtda bu jang sodir bo'lishi mumkin edi"
Yarimog'ir vazn toifasida WVA chempioni Dmitriy Bivol WVC, WVO va IBF chempioni Artur Beterbievga qarshi jang haqida gapirdi.
"Hozircha Beterbievga qarshi jang qilish uchun hech qanday variant ko'rmayapman. Bir yil oldin Umar Salamov bilan jang qilganimda va Rossiyada chempionlik janglariga ruxsat berilganida imkon bor edi. O'sha vaqtda bu jang sodir bo'lishi mumkin edi. Hozircha bu ehtimoldan yiroq. Balki ertaga hammasi o'zgarib, jang tashkil etilishi mumkin.
Men Kanelo, Joshua Buatsi yoki Kallum Smit bilan jang qilishim mumkin. Nimagaligini o'zingiz ko'rasiz va tushunasiz. Artur Beterbiev bilan ham jang bo'lishi mumkin. Lekin, men aytgan variantlar bu kurashdan yaxshiroq", - dedi Bivol.
Eslatib o'tamiz, Bivol 5 noyabr kuni Abu-Dabida Xilberto Ramiresga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar