23 iyu 16:17
Yangiliklar
Dmitriy Bivolning navbatdagi jangi sanasi malum bo'ldi
Bu haqda RCC Boxing promouterlik kompaniyasi bosh direktori German Titov malum qildi.
«Hozirda Bivolning kelajagi yuzasidan Matchroom bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. SHuningdek, Artur Beterbievga qarshi uchinchi jang masalasi ham muhokama qilinadi. Biroz sabr qiling, yaqin orada barchasi oydinlashadi. Hozircha ayta oladiganim shuki, bizda jang sanasi va manzili aniq: 12 dekabr, Ekaterinburg shahri, “UGMK Arena”. Muzokaralar davom etmoqda, Dmitriy Bivolning ehtimoliy raqibi bo'yicha bir nechta variant mavjud», — dedi Titov «Match TV»ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Dmitriy Bivol so'nggi jangini may oyida o'tkazib, germaniyalik Mixael Ayfertni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan edi.
Fikrlar