So’nggi yangiliklar

09:55Элдор Шомуродов Эронни ютиш сири ҳақида гапирди 0 08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчилар барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0

26 iyu 12:33
Yangiliklar

Taekvondo, Osiyo o'yinlari

Dmitriy SHokin: Tarixda nom qoldirishni istayman

Indoneziyadagi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik qizg'in davom etmoqda.

Milliy olimpiya qo'mitasi Matbuot va Media departamenti ushbu nufuzli musobaqaga bag'ishlab «SHohsupa sari yo'l» loyihasini ishga tushirgan edi. Unda yaqinlashib kelayotgan Osiyo o'yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi etakchi sportchilar bilan intervyular tashkil qilinmoqda.

Loyihaning bugungi sonida taekvondo bo'yicha jahon va Osiyo chempioni, Rio Olimpiadasi ishtirokchisi, Incheondagi Osiyo o'yinlari kumush medali sohibi Dmitriy SHokin savollarimizga javob qaytaradi.

Maktabdagi taekvondo to'garagi

Bolaligimda yakkakurash sport turlaridan biri bilan shug'ullanishni istardim. Birinchi sinf o'quvchisi bo'lgan paytim maktabimizda taekvondo bo'yicha to'garak ochildi. O'sha to'garak ochilgan kundan boshlab taekvondo bilan shug'ullanib kelyapman. SHuni aytib o'tishni xohlardimki, sportning ushbu turiga kundan-kunga mehrim ortib bormoqda.

Ortiqcha vazn haqida

Ovqatlanish tartibi haqida gapiradigan bo'lsam, o'zimdan xech narsa qizg'anmayman. +87 kg vazn toifasida musobaqalarda ishtirok etishim sababli, menda ortiqcha vazn masalasida muammo bo'lmaydi. Xech qachon suniy ravishda vaznimni tushirishga urinmaganman. SHu bilan birgalikda, ortiqcha vazn yig'maslikka harakat qilaman. CHunki ortiqcha vazn jang vaqtida tezlikka tasir ko'rsatadi.

Tarixda qolishni istayman

Sevimli sportchilar va kumirlarim yo'q. Ammo, maqsadim bor. Bu sport bo'ladimi, yoki boshqa yo'nalishmi – tarixda qolishni istayman.

Yodda qoladigan voqealar

Bunday holatlar ko'p bo'ladi. 2015 yili Manchesterda bo'lib o'tgan Gran-Pri turnirida finalga chiqdim. Masuliyatli jang oldidan xotirjam bo'lish maqsadida chuqur nafas olib, qaytib chiqardim. Ammo, shu vaqt og'zimdan kapam tushib ketdi va dayan markazigacha dumalab bordi. SHunda nafaqat men, balki zalda yig'ilganlar ham kulib yuborishdi. Jangga juda yaxshi kayfiyat bilan chiqdim. G'alabadan so'ng ota-onamga qo'ng'iroq qildim, gaplashdim. Ular internet orqali jangimni onlayn tomosha qilishgandi. SHunda dadam, «Barakalla o'g'lim, jangga juda yaxshi kayfiyatda chiqib kelding» dedilar. Keyin malum bo'lishicha, translyaciya operatorlari kapa og'zimdan tushib ketgan mahal meni emas, raqibimni ko'rsatishayotgan ekan. Tushundimki, yaqinlarim meni kayfiyatimni ko'targan holatni ko'rmay qolishgan ekan.

CHempion bo'lish uchun…

Birinchidan, buning uchun sportchida juda kuchli istak bo'lishi kerak. Ikkinchidan, xech narsaga qaramay o'z maqsading sari olg'a intilish lozim. Turli og'riqlar, qiyinchiliklar, mag'lubiyatlarga qaramay o'z ustingda ishlashda davom etish talab etiladi. Murabbiy ko'rsatmalariga qatiy amal qilish, mehnat qilishdan to'xtamaslik kerak. Ahir inson chempion bo'lib tug'ilmaydi. Unga mashaqqat bilan erishiladi.

Osiyo o'yinlari oldidan

Bu men uchun ikkinchi Osiyo o'yinlari bo'ladi. Incheondagi musobaqada terma jamoamiz hisobiga oltin medal qo'shib qo'yish uchun bir ochko etmay qolgandi. Yakunda, kumush medal bilan kifoyalangandim. Musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Bu safar Osiyo o'yinlarida g'olib bo'lish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. Bu oilam, terma jamoamiz va vatanimiz uchun juda muhim.

Fursatdan foydalanib, sportchilarimizga birinchi navbatda sog'lik, kuch va mashg'ulotlarda sabr tilayman. Osiyo o'yinlarida g'alabalarimiz ko'p bo'lsin. Olg'a, O'zbekiston!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing