03 okt 08:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Dog'istonda kurash murabbiyi o'z sevgilisining o'g'lini o'ldirib, Dubayga qochishga urindi
49 yoshli kurash bo'yicha murabbiy Ramis Abdulkadirov va uning 28 yoshli o'g'li Ramazan Derbentda hibsga olindi.
Ular Abdulkadirov munosabatda bo'lgan ayolning 19 yoshli o'g'li SHamilni vahshiylarcha o'ldirganlikda ayblanmoqda.
SHOT nashrining malum qilishicha, erkak va 19 yashar bola o'rtasidagi mojaro yigitning onasi murabbiy bilan munosabatlariga chek qo'yishni talab qilgani uchun kelib chiqqan. Bahs fojiaga aylanib ketib, ota va o'g'il SHamilni kaltaklab o'ldirgan, so'ng jasadni shahar tashqarisiga olib chiqib ko'mgan.
Abdulkadirov va uning o'g'li Dubayga uchishni rejalashtirgan, biroq aeroportda qo'lga olingan. Hozirda ular tergovchilarga ko'rsatma berishmoqda. Ularni umrbod qamoq jazosi kutmoqda.
Havola :
Manba : SHOT
Fikrlar