So’nggi yangiliklar

07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0

24 avg 11:55
Yangiliklar

Sport kurashlari, Dzyudo, Taekvondo

Doniyor Rixsiboev: "Maqsadimiz - shogirdlarimiz xalqaro arenalarda yurtimiz shanini ulug'lash"

Yoshlarimizning jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan qiziqishlarini ortishida, tanlagan sport turlari bilan muntazam mashg'ulotlarda ishtirok etib, katta sport sari odimlashida sport-talim muassasalari asosiy tayanch sanaladi.

Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tasarrufidagi Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida tarbiyalanuvchilarining ham yagona orzu-istaklari sportda etakchilar qatoridan joy olish. Mazkur sport maktabida ayni paytda sportning boks, velosport (shosse), velosport (mtb), dzyudo, og'ir atletika, taekvondo WT, erkin kurash, yunon-rum kurashi, o'q otish, kurash, qo'l jangi, shotakan karate-do, paravelosport, para pauerlifting turlari bo'yicha 793 nafar o'g'il-qizlar 72 nafar malakali murabbiylar qo'l ostida mashg'ulotlarda ishtirok etishadi.  

Sport maktabida mashg'ulotlarga zo'r berayotgan yoshlarning musobaqalardagi natijalarini etirofga loyiq deyish mumkin. Malumotlarga ko'ra, birgina joriy yilning o'tgan olti oyi yakuni bo'yicha O'zbekiston chempionati va kubogida 77, Osiyo chempionati va kubogida 8, Jaxon chempionati va kubogi bellashuvlarida 3 nafar sportchi g'olib va sovrindorlar safidan o'rin egallagan.

Jumladan, taekvondo WT bo'yicha bo'lib o'tgan jahon chempionatida Svetlana Osipova kumush, Feruza Sodiqova bronza medallariga egalik qilishgan bo'lsa, Toshkent shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionatida Oybek Jo'raev kumush medalga ega chiqqan.  

SHuningdek, Osiyo chempionati va kubogi musobaqalarida Abdulla Rajabov, Muhammadqodir Mamirjonov (boks), Odinaxon Hamdamova, Mirjalol Qurbonov (para velosport), Pokiza Kamoliddinova, Artyom SHturbabin (kurash), Ixtiyor Botirov (yunon rum-kurashi), Jamila Panfilova (og'ir atletika) g'olib va sovrindorlar qatoridan o'rin egallashga muvaffaq bo'lishgan. 

Bundan tashqari sport maktabining sportchi-o'quvchilaridan bo'lgan Javohir Soxibov (o'q otish), Mirzakamron Yunusov (boks), SHohrux Saidov (boks) O'zbekiston chempionati va kubogi hamda xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgani bois, oliy talim muassasalariga imtiyozli kirish yo'llanmasiga ega bo'lishgan.

Yoki yaqinda Belarus Respublikasida bo'lib o'tgan II MDH davlatlari o'yinlarida Gulbonu Qambarbekova oltin (o'q otish), Jamila Panfilova oltin  (og'ir atletika), Ilyosjon Abdunazarov 5-o'rin (yunum-rum kurash), Alimardon Abdullaev 5-o'rin (yunum-rum kurash), Aselxon Aralbaeva bronza (dzyudo), Akere Sagindikova bronza (dzyudo), Zarina Jamalova bronza (dzyudo), SHavkatjon Boltaev oltin (boks) hamda Qobiljon Ahmedov oltin (sambo) medallarini qo'lga kiritib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilishgan. 

Etiborlisi, bugun sport maktabining 83 nafar shug'ullanuvchilari sport turlari bo'yicha O'zbekiston terma jamoalarining asosiy va zahira tarkibi azolari sanalishadi. Sport maktabi tomonidan 8 nafar “Xalqaro toifadagi sport ustasi” va 23 nafar "Sport ustasi” unvonli sportchilar tayyorlangan.

SHuningdek, mazkur Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi direktori Doniyor Rixsiboev boshchiligidagi jamoa yashil makon umummilliy dasturiga ham alohida etibor qaratgan deyish mumkin. Boisi,   sport maktabining Angren shahri, Bo'stonliq tumanidagi CHorvoq qo'rg'onida joylashgan sport bazalari hududlari turli xil manzarali va mevali daraxt ko'chatlari ekilib, parvarish qilinmoqda.

Doniyor RIXSIBOEV, Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasiga qarashli Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi direktori:

- Jismoniy tarbiya va sportni, jumladan, bolalar sportini rivojlantirish, ommaviylikni taminlash asosiy vazifalarimizdan sanaladi. Sport maktabimizda mavjud sport turlari bo'yicha mashg'ulotlarga zo'r bergan o'g'il-qizlarimiz orasida istedodli, metin irodali sportchilar ko'pchilikni tashkil etadi. 

Selekciya ishlari orqali yana ham iqtidorli yoshlarni jalb etib, ularning mahoratlarini oshirib borish va katta sport sari yo'naltirish, mamlakat terma jamoalariga munosib izdoshlarni etkazib berish va shu orqali xalqaro sport maydonlarida, olimpiya o'yinlarida yurtimiz shani va obro'si uchun bor mahoratini namoyon etib, eng kuchli sportchilar qatorida ko'rish bosh maqsadlarimizdan hisoblanadi. Bir so'z bilan aytganda,  mashg'ulotlar avji pallasida, yaratilayotgan qulay sharoitlardan maqsadli foydalanayotgan o'g'il-qizlar irodalarini mustahkamlab, chempionlik tomon dadil borishmoqda.   

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing