06 mar 12:19
Yangiliklar
Tennis
Donna Vekich Abierto GNP Seguros turniri g'olibasi
Bugun tongda Meksikaning Monterrey shahrida tennis bo'yicha WTA turniri o'z yakuniga etdi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida 31-pog'onada borayotgan xorvatiyalik Donna Vekich dunyoning 5-raketkasi, franciyalik Karolin Garsiyani mag'lub etishni uddaladi - 6/4, 3/6, 7/5.
Ikki soatu 31 daqiqa davom etgan bahsda Vekich 13, Garsiya esa 15 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob Vekich foydasiga bo'lib turibdi - 6:4.
Donna Meksikada faoliyatidagi 4-sovrinini qo'lga kiritdi. Vekich bir haftalik mehnatidan 280 reyting ochko, 34,228 AQSH dollari ishlab oldi. Garsiya esa 180 ball hamda 20,226 dollarga ega chiqdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar