03 okt 09:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Doston Bozorov: "LFA, PFL kabi Ligalardan takliflar bor, hozir UFC bilan muzokara ketyapti"
O'zbekistonlik taniqli MMA jangchisi, Octagon League sobiq chempioni Doston Bozorov kelgusidagi rejalari haqida gapirdi.
"Kamar menda bir yil turdi, lekin hech kim men bilan jang qilmagan. Ilojim yo'qligidan 2 ta reyting jangini o'tkazdim. Octagon League'da ekanligimda hech kim mendan kamarni ololmaydi degandim va shu gapimga javob berdim. Ligadan ketdim, endi kamar mening qo'limda emas. O'zimdan o'zim chiqib, men bilan urishasan, deya olmaymanda (Sayat Abduali nazarda tutilmoqda).
Menejerim avvalgidek o'zbek emas, amerikalik. Ruxsat bermaydi. Jang qilaman, desam Amerikada urishaman. LFA, PFL kabi Ligalar taklif beryapti. Hozir UFC bilan esa muzokara ketyapti. Men isbotlaydiganimni isbotlab bo'lganman. Bir yil oldin men bilan jang taklif qilinganda Sayat qabul qilmagan, qochib yurgan", dedi Bozorov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar