So’nggi yangiliklar

19:21Пойтахтимизда IBA Nomad турнири ўтказилади (ПОСТЕР) 0 18:54"Андижон" футболчиси РПЛга йўл олмоқда 0 18:33Lausanne Grand Slam. Самариддин ва Сўғдиёна финал блокида бронза медали учун татамига чиқади 0 17:52Тошкент Осиё Паралимпия қўмитаси Бош ассамблеясига мезбонлик қилади 0 17:09Стол тенниси бўйича терма жамоамизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:30Тьерри Анри УЕФА президенти мукофотига сазовор бўлди 0 15:56Акбар Исломбоевнинг жанги co main event мақомида ўтади 0 15:03Мария Тимофеева US Open туфайли Монтеррей турниридаги иштирокини якунлади 0 14:33Нурмагомедов ўз вазнида! UFC Shanghai турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:00УЕФА Инфантинога қарши жиноий иш қўзғатишга тайёрланмоқда 0 13:18Хитой 2027 йилги «Формула-1» мавсумини очиб бериши мумкин 0 12:30Жалгас Жумагулов Ўзбекистонда жанг қилади 0 11:53Волкановски UFC 333 олдидан Евлоевни огоҳлантирди 0 11:01Озарбайжон Президенти "Сабаҳ"га катта миқдорда пул ажратди 0 10:22Бивол ва Смит чемпионлик жанги санаси ҳамда жойини келишиб олди 0

24 may 08:30
Yangiliklar

Futbol

DR Kongo terma jamoasi AQSH qo'ygan talablarga qaramay, JCH oldidan karantinga kirishni rejalashtirmayapti

Teglar :  DR KongoJCH-2026
DR Kongo terma jamoasi, Afrika mamlakatida Ebola virusi tarqalgani sababli AQSHning mamlakatga kirishdan oldin 21 kunlik karantinda turish haqidagi ogohlantirishiga qaramay, Jahon chempionatiga tayyorgarlik rejasini o'zgartirmoqchi emas.

Reuters agentligi xabariga ko'ra, milliy jamoa vakili mashg'ulotlar dasturi o'zgarishsiz qolishini malum qilgan. DR Kongo terma jamoasining o'rtoqlik uchrashuvlari reja bo'yicha o'tkaziladi: 3 iyun kuni Lejda (Belgiya) Daniyaga qarshi va 9 iyun kuni Kadisda (Ispaniya) CHiliga qarshi.

Dasturdagi yagona o'zgarish — Kinshasaga (DR Kongo) uch kunlik safarning bekor qilinishi bo'ldi. U erda jamoa uchun so'nggi 52 yil ichida birinchi marta yo'l olinayotgan Jahon chempionati oldidan kuzatish marosimi tashkil etilishi ko'zda tutilgan edi. Takidlash joizki, ushbu safar AQSHning ogohlantirishidan oldinroq bekor qilingandi.

Terma jamoa rahbariyati qaydnomaga kiritilgan futbolchilardan hech biri Ebola virusi avj olgan vaqtda DR Kongo hududida bo'lmaganini alohida urg'ulamoqda. Butun tarkib, shu jumladan bosh murabbiy Sebasten Dezabr ham mamlakat tashqarisida, asosan Evropada bo'lib turibdi. Biroq jamoaning bir nechta rasmiy vakillari shu hafta boshida Belgiyadagi mashg'ulot lageriga aynan DR Kongodan etib kelishgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing