22 may 13:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Drikus Dyu Plessi Xamzat CHimaevga vada berdi
UFC'ning o'rta vazn toifasidagi (84 kg gacha) chempioni Drikus Dyu Plessi Xamzat CHimaevga murojaat qildi.
"Menga o'zingni zo'r, chidamli, baquvvat yoki kuchliman deb o'ylashing yoqadi. Menga qarshi oktagonga chiqish sen uchun yangi, lekin yoqimli bo'lmagan tajriba bo'ladi. Men bunga kafolat beraman. Biz boshqachamiz! Ular biz biladigan narsani bilishmaydi. Men ajoyib chiqish uchun tayyorgarlik ko'ryapman", — deb yozdi janubiy afrikalik jangchi o'z ijtimoiy tarmoqlarida.
Eslatib o'tamiz, Dyu Plessi va CHimaev o'rtasidagi chempionlik jangi 16 avgust kuni CHikagoda o'tadigan UFC 319 turnirining markaziy to'qnashuvi bo'ladi.
Havola :
Manba : Fight Time
Fikrlar