27 iyu 10:16
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning birinchi raketkasi Bad-Xomburgda muvaffaqiyatli start oldi
Germaniyaning Bad-Xomburg shahrida tennis bo'yicha maysa qoplamali WTA turnirining asosiy to'r bahslari boshlandi.
Sayyoramizning birinchi raketkasi Iga Svyontek musobaqaning ilk davrasida WTA reytingida 58-pog'onada borayotgan germaniyalik Tatyana Mariyani uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 5/7, 6/2, 6/0. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Bir soatu 53 daqiqa davom etgan bahsda Svyontek 2, Mariya 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar Igaga ko'proq bo'ldi - 6 ga 2 ko'rinishda. Endi u ikkinchi bosqichda shveycariyalik Jil Taykmannga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar