30 okt 08:09
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning birinchi raketkasi WTA Yakuniy turnirini g'alaba bilan boshlandi
Meksikaning Kankun shahrida ayollar o'rtasida WTA Yakuniy turniri start oldi.
Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning kuchli sakkiztalik reytingidan joy olgan tennis malikalari o'zaro bahs olib borishyapti. Guruh bosqichining ilk uchrashuvida dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko raqibasini deyarli sezmadi.
Belaruslik tennis malikasi WTA reytingida to'qqizinchi o'rinda borayotgan greciyalik Mariya Sakkarini 6/0, 6/1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi Arina foydasiga yanada yiriklashdi - 7:3.
Etmish olti daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 6, Sakkari 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar ikkala tennischida ham bir xil - 5 tadan bo'ldi. Arina 5 ta breykka erishdi, Mariyada esa bu ko'rsatkichni nolga teng bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar