23 avg 11:03
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning ettinchi raketkasi Klivlendda 1/4 finalga chiqdi
AQSHning Klivlend shahrida tennis bo'yicha WTA turniri davom etmoqda.
Dunyoning ettinchi raqamli tennis malikasi bo'lib turgan Karolin Garsiya chorak final ishtirokchisiga aylandi. Franciyalik tennischi ikkinchi davra bahsida WTA reytingida 58-pog'onadan joy olgan AQSH vakilasi Peyton Stirnsdan ustun keldi - 7/6(4), 6/3.
Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. To'qson sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Garsiya 10, Stirns 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Karolinda ko'proq bo'ldi - 7 ga 3. Endi Garsiya 1/2 final yo'llanmasi uchun xitoylik CHju Linga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar