So’nggi yangiliklar

07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0 16:41Усман Нурмагомедов расман эркин агентга айланди 0 16:03UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0

13 avg 21:57
Yangiliklar

Boks/MMA

Dvalishvili Nurmagomedovga "otvet" qildi: "Sizlar mayda odamsizlar"

Merab Dvalishvili Umar Nurmagomedovning tanqidiga munosabat bildirib, Tbilisidagi RAF turnirining matbuot anjumanida o'zi va rossiyalik kurashchi Ahmed Gadjimagomedov o'rtasida yuz bergan voqea bo'yicha o'z fikriini bayon qildi.

"Umar va bazi mayda odamlar men haqimda har xil safsatalarni gapirishda davom etishmoqda. Sizlar hayot haqida hech narsa bilmasangiz kerak, lekin men erkakman. Agar sizlar menga hurmatsizlik qilsangiz va boshqa tilda baland ovozda gapira boshlasangiz, men sizga tarsaki tortaman. CHunki men shunaqaman. Men shunday tarbiya topganman. Bu mening madaniyatim va siz aynan shunga loyiqsiz. AQSHda, Meksikada, Avstraliyada yoki o'z vatanim Gruziyada bo'lishimning ahamiyati yo'q. Agar yomon niyat bilan kelsangiz, javobiga o'sha narsaning o'zini olasiz", – dedi Dvalishvili ijtimoiy tarmoqlarda elon qilingan videoda.

Bundan tashqari, gruziyalik jangchi rossiyalik mehmonlar uchun vaziyat ancha yomon yakunlanishi mumkinligini, agar u vaziyatni yumshatishga qaror qilmaganida, oqibatlar og'ir bo'lishini takidladi.

"O'sha voqeadan keyin, albatta, Gruziyada ekanligimni angladim. Ayniqsa, Tbilisidagi barcha o'smirlar va gruziyalik yigitlar mushtlashmoqchi bo'lganini ko'rganimda. Barcha do'stlarim urishmoqchi edi. Hammasi juda yomon tugashi mumkin edi, chunki, aytaylik, u erda turli mamlakatlardan 200 nafar mehmon bor edi, mening yurtimda esa uch-to'rt million odam yashaydi. Agar hatto 50 ming yigit ko'chaga chiqqanida, nimalar bo'lishi mumkinligini tasavvur qila olamiz.

SHuning uchun men mojaroga borgan yigitni topdim, qo'l berib ko'rishdim va shu bilan hammasi tugadi – u bilan munosabatimiz joyida. Lekin sizlar, mayda odamlar, gapirishda davom etib, provokaciya qilmoqchisiz. Sizlar u erda bo'lmagansiz, nima bo'lganini bilmaysiz. SHuning uchun bu safsatalarni va har xil bemani gaplarni gapirishni to'xtating. Takror aytaman, sizlar mayda odamlarsiz. Sizlar hali hayotdan saboq olishingiz kerak", – deya qo'shimcha qildi UFC`ning o'ta engil vazn toifasidagi sobiq chempioni.

Malumotlarga ko'ra, 24 oktyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC 333 turnirida Merab Dvalishvili Petr Yan bilan trilogiyaning yakuniy jangida chempionlik kamarini qaytarib olishga urinib ko'radi. Umar Nurmagomedov esa 29 avgust kuni Makaoda bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 286 turnirining asosiy jangida Song Yadong bilan to'qnash keladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing