06 dek 14:58
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudo bo'yicha O'zbekiston chempionati boshlandi
Poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport saroyi dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jam bo'lgan sara dzyudochilar uch kun davomida jami 14 ta (7 ta ayollar, 7 ta erkaklar) vaznda yilni O'zbekiston chempioni sifatida yakunlash uchun bahs olib boradilar.
Reglamentga ko'ra, dastlabki kun engil vazn toifasidagi sportchilar tatamiga chiqishadi. Bugun erkaklar o'rtasida -60, -66, ayollar o'rtasida -48, -52, -57 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi.
CHempionatning saralash bellashuvlari soat 10:00 da start oldi. Final bellashuvlari esa soat 17:00 da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar