08 avg 12:42
Yangiliklar
Dzyudo, Tokio-2020

Dzyudo. Bugun Mirali SHaripovning chiqishlarini tomosha qilamiz
Xabaringiz bor, bungacha ikki nafar dzyudochimiz Rio Olimpiadasida sovrinli o'rinlarni egallab, muxlislarni xursand qildilar.
Olimpiadaning birinchi kunida -60 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Diyorbek O'rozboev bronza medalini qo'lga kiritgan bo'lsa, kecha 66 kilogrammlik Rishod Sobirov ham bronza medalini O'zbekiston sport delegaciyasi hisobiga qo'shib qo'ydi.
Dzyudochilarimizning omadli yurishini davom ettirish vazifasi bugun -73 kg vazn toifasida jang qiladigan Mirali SHaripovga ishonib topshirilgan. Dzyudochimizning ilk raqibi gollandiyalik Deks Elmont bo'lishi kutilmoqda. Ushbu jang taxminan 18:30 da bo'lishi kutilmoqda.
Bizni sovrin yutishga o'rgatib qo'ygan dzyudochilarimizdan bugun ham muvaffaqiyatli natijalarni kutib qolamiz. Olg'a, O'zbekiston!
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar