20 fev 08:02
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudo. Bugun to'rt nafar polvonimizdan medal kutamiz
Bugun Isroilning Tel-Aviv shahrida dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turniri yakunlanadi.
Kun davomida og'ir vaznli dzyudochilar kurash olib boradilar. Bahslarda to'rt nafar o'zbekistonlik sportchi jang qilishi ko'zda tutilgan.
Yigitlarimiz musobaqani quyidagi raqiblarga qarshi boshlashadi:
-90 kg: Davlat Bobonov – Roland Goz (Vengriya)
-100 kg: Muhammadkarim Hurramov – Mattis Madsen (Daniya)
+100 kg: Alisher Yusupov – Or Sasson (Isroil)
+100 kg: SHohruh Baxtiyorov – Kazbek Zankishiev (Rossiya)
Eslatib o'tamiz, ikki kun yakunlariga ko'ra SHarofiddin Boltaboev oltin, Sardor Nurillaev hamda Muhriddin Tilovov bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar