So’nggi yangiliklar

18:33Нани: "Роналдуга ҳужжатлаштирилган 1000 та гол керак - Пеле ва Ромарио каби урилган эмас” 0 18:12Мераб Двалишвили Царукян билан жангга рад жавобини берганини айтди 0 17:51Усик қайси афсонавий боксчи билан жанг қилишни хоҳлашини айтди. Бу на Тайсон ва на Али! 0 17:30Усман Нурмагомедов: "Дубайдаги "қафас" кичкина, унинг қочадиган жойи йўқ" 0 17:09Буюк Хитой деворини қўриқлаётган мусулмон сарбозлар 0 16:48Илия Топурия тилга кирди, у жанг вақти ва рақибни айтди 0 16:27Хамзат Чимаев: "Биз кучсизмиз – ҳеч ким жанг қилишни хоҳламаяпти" 0 16:06"Истакларинг билан эҳтиёт бўл". Жонс Перейрага жавоб қайтарди 0 15:45"Атлетико" Ли Кан Инга қизиқиш билдирмоқда, ҳавбек ҳам ПСЖдан кетмоқчи 0 15:24"Буюк фожиа" — Роган Фёдор Емельяненконинг амалга ошмай қолган жанги ҳақида 0 15:03Усман 30 ойлик дисквалификациясига изоҳ берди 0 14:42Даниэль Дюбуа осиёлик боксчи билан жанг қилмоқчи, рақиб ҳам рози! 0 14:21"Насаф" Сербия жамоасини йирик ҳисобда мағлуб этди 0 14:00Перейра рақиб номини айтиш учун "покришка" усулидан фойдаланди 0 13:39RIZIN чемпиони Илҳом Назимовга танлов учун уч рақиб берилди + ФОТО 0

05 okt 15:25
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. Bugungi qurada saralangan dzyudochilarimiz qaysi guruhdan joy olishadi?

Teglar :  Dzyudo
Bugun mamlakatimizda o'tadigan dzyudo bo'yicha jahon chempionatiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Ushbu marosimdan avval o'z vazn toifalarida jahon reytingida kuchli sakkizlikka kirgan sportchilar saralab olinadi va qura ularning atrofida shakllanadi. Terma jamoamiz vakillaridan Murodjon Yo'ldoshev (-73 kg), SHarofiddin Boltaboev (-81 kg), Davlat Bobonov (-90 kg), Diyora Keldiyorova (-52 kg) saralangan sportchilar qatoriga kirishdi. Ushbu maqolada sportchilarimiz quraning qaysi qismdan joy olishlari, qay bir etakchilar bilan bir guruhdan o'rin egallashi, ularning ehtimoliy raqiblari haqida fikr yuritamiz.


-73 kg:

"A" guruhi

Lasha SHavdatuashvili (Gruziya)

Nomalum raqib


Joivanni Esposito (Italiya)

Nomalum raqib


"V" guruhi

Toxar Butbul (Isroil)

Nomalum raqib


Rustam Orujev (Ozarbayjon)

Nomalum raqib


“S” guruhi

Hidayat Heydarov (Ozarbayjon)

Nomalum raqib


Soichi Xashimoto (Yaponiya)

Nomalum raqib


“D” guruhi

Sogbatar Send-Ochir (Mo'g'uliston)

Nomalum raqib


Murodjon Yo'ldoshev (O'zbekiston)

Nomalum raqib


Sakkizlikka kirmagan kuchli sportchilar: SHahram Ahadov (O'zbekiston), Manuel Lombardo (Italiya), Igor Vandtke (Germaniya), Bilal CHiloglu (Turkiya). Bu kabi sportchilar qurada qaysi guruhga qo'shilishidan qatiy nazar, vaziyat tubdan o'zgarib ketishi hech gap emas. Bu jahon chempionatida o'z nomi bilan raqiblarining yuragiga g'ulg'ula solib, musobaqa oldidan chempionlikni deyarli rasmiylashtirib qo'yadigan yaponiyalik SHoxei Ono yo'q. SHu bois chempionlik uchun yaqqol davogarni ko'rsatish qiyin.


-81 kg:

“A” guruhi

Tato Grigolashvili (Gruziya)

Nomalum raqib


Frank de Vit (Niderlandiya)

Nomalum raqib


“V” guruhi

Gulerme SHmidt (Braziliya)

Nomalum raqib


SHarofiddin Boltaboev (O'zbekiston)

Nomalum raqib


“S” guruhi

Mattias Kasse (Belgiya)

Nomalum raqib


Sami SHushi (Belgiya)

Nomalum raqib


“D” guruhi

Vedat Albayrak (Turkiya)

Nomalum raqib


Said Mullai (Ozarbayjon)

Nomalum raqib


Ko'pchilik mutaxassislar qura qanday o'tishidan qatiy nazar -66 kg va -81 kg vazn toifalarini murakkab va intrigalarga boy deya tariflamoqda. Haqiqatda ham shunday. Ushbu vaznda qayd etilgan ikki yapon dzyudochisi sakkizlikda yo'q va ular quraning qaysi qismidan joy olishmasin, har qaysi saralangan sportchini medallar uchun kurashdan erta chiqarib yuborishi hech gap emas.


Sakkizlikka kirmagan kuchli sportchilar: SHamil Borchalvishi (Avstriya), Sotaro Fujivara hamda Takanori Nagase (Yaponiya), Sagi Muki (Isroil), Junxvan Li (J.Koreya)


-90 kg:

“A” guruhi

Mammadali Mehdiev (Ozarbayjon)

Nomalum raqib


Erlan SHerov (Qirg'iziston)

Nomalum raqib


“V” guruhi

Kristian Tots (Vengriya)

Nomalum raqib


Luka Maisuradze (Gruziya)

Nomalum raqib


“S” guruhi

Davlat Bobonov (O'zbekiston)

Nomalum raqib


Lasha Bekauri (Gruziya)

Nomalum raqib


“D” guruhi

Ivan Morales (Kuba)

Nomalum raqib


Kamronshoh Ustapiriyon (Tojikiston)

Nomalum raqib


Ko'pchilik muxlislar finalda Bobonov va Bekauri juftligini taxmin qilayotgan edi. Lekin reyting asosida shakllantiriladigan qura ularni xuddi Tokio-2020 Olimpiadasidagidek chorak finalda yana ro'baro' qilishi mumkin. Umid qilamizki, bu gal Bobonov Tokiodagi vaziyat tasodif ekanini isbotlaydi.


Yaponlarning birinchi va ikkinchi raqamli vakili bo'lmaydi. Ularning bari teng kuchli. Garchi yosh Kosuke Mashiyama reytingda TOP dzyudochilar qatoriga kirmagan bo'lsa ham, undan har narsa kutish mumkin. U so'nggi bor 2021 yil noyabrda Bokuda o'tgan “Katta dubulg'a” turnirida g'alaba qozonganidan beri hech qaerda kurashgani yo'q. Kim bilsin, balki uni murabbiylari atayin ushbu musobaqaga tayyorlashayotgandir. SHuningdek, 2018 yilgi jahon chempioni Noel van 't End va Tokio-2020 finalchisi Trippelni ham esdan chiqarmaslik kerak.


Sakkizlikka kirmagan kuchli sportchilar: Noel van 't End (Niderlandiya), Eduard Trippel (Germaniya), Kosuke Mashiyama (Yaponiya).


-52 kg:

“A” guruhi

Reka Pup (Vengriya)

Nomalum raqib


Xorlobodi Bishrelt (Mo'g'uliston)

Nomalum raqib


“V” guruhi

Diyora Keldiyorova (O'zbekiston)

Nomalum raqib


Gefen Primo (Isroil)

Nomalum raqib


“S” guruhi

Amandin Bushar (Franciya)

Nomalum raqib


Fabien Koxer (SHveycariya)

Nomalum raqib


“D” guruhi

CHelsi Jiles (Buyuk Britaniya)

Nomalum raqib


Distriya Krasnichi (Kosovo)

Nomalum raqib


Kimsan Uta Abe o'z vaznida saralangan orasida yo'q. Boisi u Tokio-2020 Olimpiadasidan so'ng musobaqalarda deyarli ishtirok etmadi va reyting ochkolarining boy berilishi sabab bir nechta pog'ona yo'qotdi. Lekin u 90 foiz ehtimol Toshkentda shohsupaga ko'tariladi. SHuningdek, ikki karra Olimpiada sovrindori italiyalik Odette Juffrida ham sakkizlikda yo'q. Agar ular quraning Diyora Keldiyorova joy oladigan qismiga tushishmasa, yurtdoshimizning kechki dasturda medallar uchun kurashish imkoniyati keskin oshadi.


Sakkizlikka kirmagan kuchli sportchilar: Uta Abe (Yaponiya), Odette Juffrida (Italiya).


Albatta, bu sportchilarning reytingi, nomlari va shu paytgacha qayd etib kelgan natijalari asosida tayyorlangan tahlil. Biroq hammasini musobaqaga har tomonlama tayyor bo'lgan professionallar hal qilishadi. Hatto, yuqorida qayd etilmagan nomlar orasida chempion chiqishi ham hech gap emas. Bu borada barcha dzyudochilarga, xususan, yurtdoshlarimizga omad tilab qolamiz. Eslatib o'tamiz, qura tashlash marosimi bugun Toshkent vaqti bilan 16:00 da bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing