13 okt 21:35
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudo. Jamoaviy bahslarda Yaponiya tengsiz
Toshkentda dzyudo bo'yicha 35-jahon chempionati o'z nihoyasiga etdi.
Musobaqaning so'nggi kunida jamoaviy mikst bahslari tashkil etildi.
O'zbekiston terma jamoasi ilk bosqichda Avstriyani mag'lubiyatga uchratib, ikkinchi davrada Isroilga imkoniyatni boy berib qo'ygani haqida avvalroq xabar bergandik.
Bellashuvlar yakuniga ko'ra, Yaponiya terma jamoasi barchadan ustun ekanligini namoyish etdi va oltin medalni qo'lga kiritdi. Yaponlarga mag'lub bo'lgan Franciya esa kumush medalga sazovor bo'ldi.
O'zbekistonni musobaqadan chiqarib yuborgan Isroil termasi bronzaga ega chiqdi. Yana bir bronza Germaniya vakillariga nasib etdi.
Aralash jamoaviy bahslar:
1) Yaponiya
2) Franciya
3) Isroil
3) Germaniya.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar