12 fev 19:35
Yangiliklar
Dzyudo + Kurash: Ikki sport turi vakillarining qo'shma mashg'ulotidan FOTOREPORTAJ
Unda dzyudo va milliy kurash bo'yicha terma jamoalarimiz birgalikda shug'ullanishdi. Ushbu qo'shma mashg'ulotni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad - ikki federaciya o'rtasidagi do'stona munosabatlarni yanada yaxshilash, sportchilarning o'zaro tajriba almashinuvini taminlash, mashg'ulot orqali selekciya ishlarini yana bir bor ko'zdan kechirib olishdan iborat edi.
O'zi aslini olganda, dzyudo va kurash sport turlarining asosi bir. Dzyudochilarning aksariyati o'zbek milliy kurashi bilan shug'ullanishgan. Ular orasida Abdulla Tangriev, Rishod Sobirov, Ramziddin Saidov, Kamol Murodov singari mashhur polvonlarni misol sifatida keltirishimiz mumkin.
SHularni inobatga olgan holda aytish mumkin-ki, bugungi qo'shma mashg'ulot har ikki terma jamoa azolari uchun ham foydali bo'ldi.
Fikrlar