02 apr 19:39
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudo. O'zbekiston Antalya “Katta dubulg'a” turnirini bitta bronza medali bilan yakunladi
Turkiyaning Antalya shahrida dzyudo bo'yicha “Katta dubulg'a” musobaqasi o'z poyoniga etib bormoqda.
O'zbekiston terma jamoasi mazkur turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Afsuski, og'ir vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtlarimiz medallar uchun kurashni erta tark etishdi. SHu tariqa, -52 kg vazn toifasida Sita Qadamboeva qo'lga kiritgan bronza medali terma jamoamiz uchun yagona bo'lib qoldi.
Qayd etish joiz, terma jamoamiz murabbiylar shtabi mazkur musobaqaga zaxira tarkib vakillarini jalb qilgan edi. Musobaqadan so'ng ishtirokchi davlatlar xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida qatnashishadi. O'zbekiston terma jamoasi ham mazkur yig'inda ishtirok etib, jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettiradi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar