19 fev 22:06
Yangiliklar
Dzyudo. SHarofiddin Boltaboev Tel-Aviv "Katta Dubulg'a" chempioni
Quvonarlisi, hozirgina -81 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz SHarofiddin Boltaboev final uchrashuvini g'alaba bilan yakunladi. Dzyudochimiz oltin medal uchun kechgan bellashuvda ancha nomdor raqib, asli eronlik, hozirda Mo'g'uliston mamlakati sharafini himoya qilayotgan Said Mullaiga qarshi tatamiga chiqdi.
Murosasiz kechgan bahsda SHarofiddin g'alaba qozonib, Tel-Aviv "Katta Dubulg'a" turniri chempioniga aylandi. SHuningdek, qoraqalpoq o'g'loni Tokio Olimpiadasi yo'lidagi juda ham qimmatli bo'lgan 1000 reyting ochkosini ham qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, Boltaboev finalga qadar Dorin Gotonoaga (Moldova), Aleksandr Vicherzak (Germaniya), Styuart Makvatt (Buyuk Britaniya) va Fran De Vit (Niderlandiya) ustidan ishonchli g'alabaga erishgan edi.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar