So’nggi yangiliklar

17:57"Байер" Алонсонинг "Реал"ни бошқаришни истаётганини билади ва мураббийга тўсқинлик қилмайди 0 17:35Промоутер: "Барчамиз биламиз, у Виржил Ортис билан жанг қилишни хоҳламайди" 0 17:08Осиё чемпионатида муваффақиятли қатнашган курашчиларимиз муносиб тақдирланишди 0 16:43Сирочбек Исмоилов ягона мағлубиятини Шакур Стивенсондан қабул қилиб олган япон боксчисини таслим этди! Уч нафар боксчимиз Кореядаги проф бокс оқшомида жанг қилди 0 16:17"Манчестер Юнайтед" деярли 60 млн евро турадиган футболчига қизиқиш билдирмоқда 0 15:52Хильберто Рамирес кейинги жангини июнь ойида ўтказади, рақиб аниқ 0 15:29Ўзбекистон хоккей терма жамоасининг тарихий Жаҳон чемпионатидаги сўнгги ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:55Мадримовнинг вазнидаги қозоғистонлик боксчи проф фаолиятида илк бор ғалаба қозона олмади 0 14:30"Манчестер Сити" 70 млн евродан ортиқ маблағга португалиялик футболчини ўз сафига қўшиб олиши мумкин 0 14:05Кичик ўсмир боксчиларимиз Осиё чемпионатини иккита ғалаба билан бошлашди. Бугун яна беш нафар вакилимиз рингга чиқади 0 13:42Ўзбекистон чемпион бўлган Жаҳон чемпионатининг IV дивизионида якуний турнир жадвали қай ҳолатда? 0 13:15WBC Гран-приси. Бугун Лазизбек Мулложоновга мухлислик қиламиз 0 12:50"Барселона"да "Реал"га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор 0 12:19Боб Арум: "Ломаченко фаолияти бўйича қарор қабул қилиши керак" 0 11:52Илия Топурия: "Макгрегор мен билан ютиш учун ўлиб, қайта тирилиши керак" 0

06 mar 19:00
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. Toshkentdagi "Katta Dubulg'a". Ikkinchi kunda ikkita medal!

Teglar :  Dzyudo
Toshkentdagi "Humo Arena"da dzyudo bo'yicha nufuzli "Katta Dubulg'a" turniri davom etmoqda.

Musobaqaning ikkinchi kunida jang o'tkazadigan o'zbekistonlik dzyudochilar qayd etayotgan barcha natijalar bilan ushbu sahifada tanishib borishingiz mumkin bo'ldi. 



SHu tariqa, bugungi kun davomida ikki hamyurtimiz medalga sazovor bo'ldi:

Gulnoza Matniyazova - bronza (-70 kg)

SHarofiddin Boltaboev - kumush (-81 kg)

- - - -


Afsuski, SHarofiddin Golden Score'da imkoniyatni boy berib qo'ydi. Kumush medal...


Navbat SHarofiddin Boltaboevga. U birozdan so'ng italiyalik polvon bilan kurashadi. Oltin medal uchun!


G'alabaaa! Gulnoza Matniyazova raqibasini mag'lubiyatga uchratib, bronza medaliga ega chiqdi!


Birozdan so'ng Gulnoza Matniyazova bronza medali uchun dayanga chiqadi.


Afsuski Obidxon medal uchun jangda ozarbayjonlik  Rustam Orujovga imkoniyatni boy berib qo'ydi...

Obidxon Nomonov ozarbayjonlik raqibga qarshi jang qilmoqda.


Final janglari boshlandi!


Uch nafar sportchimiz bugun medallar uchun jang qiladi:


Bronza uchun:

-73 kg: Obidxon Nomonov - Rustam Orujov (Ozarbayjon)

-70 kg: Gulnoza Matniyazova - Anka Poganchnik (Slovakiya)


Oltin medal uchun:

-81 kg: SHarofiddin Boltaboev - Kristian Parlati (Italiya)


Janglar soat 17:00dan so'ng boshlanadi. 


- - - - - - - 


-81 kg. SHarofiddin Boltaboev yarim finalda belgiyalik Matias Kessni mag'lubiyatga uchratdiva finalga yo'l oldi!


-81 kg. G'iyosjon Boboev bronza medali uchun o'tish jangida belgiyalik sportchiga yutqazdi. 


-73 kg. Murodjon Yo'ldoshev bronza medali uchun o'tish jangida ozarbayjonlik raqibiga yutqazdi va musobaqani tark etdi.


-73 kg. Obidxon Nomonov yarim finalda mo'g'ulistonlik Cend-Ochirga qarshi jang qildi va yutqazdi. U ham bronza medali uchun dayanga chiqadi.


-70 kg. Gulnoza Matniyazova yarim finalda yaponiyalik CHizuru Araiga qarshi dayanga chiqdi va imkoniyatni boy berdi. Endi u kechki dasturda bronza medali uchun jang qiladi.


-81 kg. G'iyosjon Boboev chorak finalda yaponiyalik Takanori Nagasega qarshi jang qildi va imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi u bronza medali uchun o'tish jangida tatamiga chiqadi. 


-81 kg. SHarofiddin Boltaboev chorak finalda bolgariyalik Ivaylo Ivanovga qarshi jang qildi va ippon evaziga g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi!


-73 kg. Murodjon Yo'ldoshev chorak finalda qozog'istonlik Jansay Smagulov bilan kurashdi va imkoniyatni boy berib qo'ydi.


-70 kg. Gulnoza Matniyazova chorak finalda Venesuela vakilasi Elvismar Rodriges bilan kurashdi va raqibasini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi!


-81 kg vaznli G'iyosjon Boboev uchinchi davrada germaniyalik dzyudochiga qarshi jang qildi raqibini ippon evaziga mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga chiqdi!


-73 kg. Obidxon Nomonov chorak finalda franciyalik Gullim SHeinga qarshi jang qildi va g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi!


-81 kg. SHarofiddin Boltaboev uchinchi bosqichda qirg'izistonlik raqibiga qarshi kurashdi va ippon evaziga g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi!


-81 kg. Suhrob Tursunov uchinchi jangini Mo'g'uliston vakiliga qarshi o'tkazdi va imkoniyatni boy berib qo'ydi.


-63 kg. Farangiz Xojieva britaniyalik raqibasi bilan to'qnash keldi va yutqazdi.


-73 kg vaznli G'olib Sulaymonov uchinchi bosqichda mo'g'ulistonlik raqibiga qarshi jang qildi va imkoniyatni boy berib qo'ydi.


-81 kg. G'iyosjon Boboev ikkinchi davrada belaruslik raqibi bilan kurashdi va g'alaba qozondi!


-73 kg. Murodjon Yo'ldoshev moldovalik dzyudochiga qarshi jang qildi g'alaba qozondi!


-73 kg. Obijxon Nomonov shveciyalik raqibi bilan kurashdi va ippon evaziga g'alaba qozonib, uchinchi bosqichga yo'l oldi.


-81 kg vaznli Arslonbek Tojiev vengriyalik Attila Ungvariga imkoniyatni boy berib qo'ydi.


-70 kg. Farangiz Xolmurodova Braziliya vakilasi Ellen Santanaga qarshi jang qilib, imkoniyatni boy berib qo'ydi.


-70 kg vaznli Gulnoza Matniyazova irlandiyalik raqibasiga qarshi jang qilib, g'alaba qozondi va chorak finalga yo'l oldi!


-63 kg. Farangiz Xojieva germaniyalik raqibasini ippon evaziga mag'lub etdi va uchinchi bosqichga chiqdi.


-81 kg. SHarofiddin Boltaboev musobaqani ikkinchi bosqichdan boshladi. U ilk jangida Janubiy Koreya vakili bilan bellashdi va soniyalar ichida ippon evaziga raqibidan ustun keldi.


-81 kg. Suhrob Tursunovda ham g'alaba. Amerikalik sportchidan ustun kelgan Suhrob endi uchinchi bosqichda jang qiladi. 


-73 kg. G'olibjon Sulaymonov ukrainalik dzyudochini mag'lub etdi va uchinchi davraga yo'l oldi.


-73 kg. Murodjon Yo'ldoshev ukrainalik raqibini ippon evaziga mag'lub etdi va uchinchi bosqichga yo'l oldi


-73 kg. Jaloliddin Boynazarov armanistonlik raqibiga yutqazib qo'ydi.


-73 kg. Obidxon Nomonov ikkinchi bosqichda qozoq dzyudochisiga qarshi jang qildi va g'alaba qozondi.


-70 kg. Farangiz Xolmurodova mo'g'ulistonlik raqibasini ippon evaziga mag'lub etdi va ikkinchi bosqichga chiqdi. 


-81 kg vaznli G'iyosjon Boboev birinchi davrada franciyalik dzyudochi bilan bellashdi va Golden Score'da g'alaba qozondi. Haa, bu oldingi Boboev emas...


-70 kg. Gulnoza Matniyazova JAR vakilasi Anastasiya Nenovaga qarshi jang qilib, g'alaba qozondi. 


-81 kg vaznli Arslonbek Tojiev Afg'oniston vakilini mag'lubiyatga uchratib, ikkinchi bosqichga yo'l oldi.


-70 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan SHohista Nazarova ilk jangida gruziyalik Mariyam Tchanturiaga qarshi jang qildi va imkoniyatni boy berib qo'ydi. 


-73 kg vaznli G'olibjon Sulaymonov bolgariyalik raqibini musobaqadan chiqarib yubordi va ikkinchi davraga yo'l oldi.


-81 kg. Suhrob Tursunov ham vengriyalik raqibini mag'lubiyatga uchratib, ikkinchi bosqichga chiqdi. Endi u ikkinchi jangida amerikalik sportchiga to'qnash keladi. 


-73 kg. Yosh Obidxon Nomonov braziliyalik raqibini musobaqadan chiqarib yubordi. Navbatdagi raqib - Qozog'istondan. 


-73 kg vaznli boshqa bir dzyudochimiz Murodjon Yo'ldoshev esa italiyalik raqibidan ustun keldi. Oldinda ukrainalik sportchi Murodjonni kutmoqda.


-73 kg. Jaloliddin Boynazarov vengriyalik raqibini ippon evaziga mag'lub etdi. Endi uni oldinda armanistonlik sportchi kutib turibdi. 


Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. Toshkentdagi "Katta Dubulg'a" turniridan onlayn matnli translyaciyamizni boshlaymiz. 


- - - - - - - - - - 


Nufuzli musobaqaning ikkinchi kunida quyidagi sportchilarimiz medallar uchun kurash olib borishadi: 

Erkaklar:

-73 kg vazn toifasi

Jaloliddin Boynazarov 

G'olib Sulaymonov  

Murodjon Yo'ldoshev 

Obidhon Nomonov 



-81 kg vazn toifasi

SHarofuddin Boltaboev

Suhrob Tursunov

Arslon Tojiev

G'iyosjon Boboev


Ayollar:

-63 kg vazn toifasi

Farangiz Hojieva


-70 kg vazn toifasi

Gulnoza Matniyazova

SHohista Nazarova

Farangiz Holmurodova


Janglar soat 09:30dan so'ng boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing