So’nggi yangiliklar

17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0

30 jan 10:01
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudochilarimizga Prezident Murojaatnomasining mazmun-mohiyati etkazildi

Teglar :  Dzyudo
2020 yilning 29 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev Oliy Majlis palatalari hamda xalqimizga o'z Murojaatnomasini yo'llagan edi.

Ushbu Murojaatnoma o'z ichiga pandemik vaziyat sabab murakkab kelgan 2020 yil yakunlari hamda 2021 yil rejalari, barcha sohalarda amalga oshirilishi kerak bo'lgan ustuvor vazifalarni qamrab olgandi.

Biz uchun ahamiyatli bo'lgan jihati, Murojaatnomada jismoniy tarbiya va sport, salomatlik mavzulariga ham keng to'xtalingan edi. Umuman, har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini taminlaydigan yosh avlodning sog'lom va barkamol bo'lib voyaga etishi hal qiluvchi o'rin tutadi. SHu sababdan ham biz islohotlar ko'lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama etuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarga tayanamiz.

O'zbekiston dzyudo federaciyasida o'tgan yig'ilishda aynan Prezident Murojaatnomasida ko'rsatib berilgan ustuvor vazifalarning ahamiyati hamda mohiyati haqida so'z bordi. Unda terma jamoa azolari, murabbiylar ishtirok etishdi. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rais o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov yig'ilish qatnashchilariga Murojaatnomaning aynan sport yo'nalishida belgilab berilgan vazifalari, ilgari surilgan tashabbuslarning ahamiyati, ko'lami hamda ijro mexanizmiga to'xtaldi.

«Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, bunda, avvalo, talim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovaciyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim. Hurmatli SHavkat Miromonovich ana shu muhim yo'nalishlarda boshlangan ishlarni davom ettirish, yangi bosqichga ko'tarish maqsadida 2021 yilga mamlakatimizda “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb nom berishni taklif qilgandilar. SHundan kelib chiqib, joriy 2021 yilda 70 ta jismoniy tarbiya va sport muassasasi, 16 mingta bog'cha hamda maktablar sport jihozlari bilan taminlanadi va buning uchun byudjetdan 100 milliard so'm ajratiladi. Murojaatnomada aytilganidek, aholini ommaviy sport turlariga keng jalb qilish orqali 2021 yilda qamrov hozirgi 19 foizdan 25 foizga etkaziladi», – dedi A.Kamilov.

Murojaatnomada takidlanganidek, joriy 2021 yilda yurtimizda kamida 20 ta xalqaro nufuzli musobaqa o'tkazilishi lozim. Ana shu musobaqalardan dastlabkisi 5-7 mart kunlari “Humo Arena”da o'tkaziluvchi dzyudo bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnir hisoblanadi. “Katta Dubulg'a” musobaqasi Toshkent shahrida ilk marotaba o'tkaziladi. SHu kungacha qatorasiga etti marotaba Gran-Pri turnirlari tashkil etilgan edi. Kelasi yili kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilamiz. Bu musobaqalar bevosita yurtimizda turizm rivojiga ham xizmat qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing