04 okt 15:01
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudochimiz JCH medali uchun kurashadi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Musobaqada -90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Alisher Samanov musobaqa davomida Serbiya, Braziliya va Moldova vakillarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga etib keldi.
Yarim finalda esa rossiyalik Egor Malkinga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Endi u kechki dasturda bronza medali uchun italiyalik Genri Ovusuga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar