20 sen 11:56
Yangiliklar

Eddi Xirn: "Bivol bilan jangdagi mag'lubiyat uchun Kanelo "ich-etini emoqda"
"Dmitriyning kelgusi raqibiga qanday dosh berishini ko'rishimiz kerak. O'ylashimcha, Bivol bilan jangdagi mag'lubiyat uchun Kanelo har doim "ich-etini eydi". U Bivoldan qasos olishni istaydi.
Saulning 175 funt vaznga qaytib, kamarlarni yutib olmoqchiligiga shubham bor. Kanelo jon-jahdi bilan Ramiresning g'alaba qozonishini istaydi. Lekin bir vaqtning o'zida revansh olish ilinjida Bivolning ham g'alaba qozonishini xohlaydi.
Bivolning mutlaq chempionlikka erishish uchun supero'rta vaznga tushishi mumkinligini istisno qilmayman. Menimcha, u buni xohlaydi. Lekin avval keling, Bivol - Ramires jangining nima bilan tugashini kuzataylik", - dedi Xirn.
Dmitriy Bivol va Xilberto Ramires o'rtasidagi jang 5 noyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadi.
Fikrlar