10 iyu 15:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Eddi Xirn: "Britaniya uchun yaxshi Bosh vazir bo'lgan bo'lardim"
Britaniyalik bokschi Derek CHisora Pulevga qarshi jang oldidan Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonsonning niqobini kiyib chiqqandi.
Promouter Eddi Xirn Borisning o'rnida bo'lganida nima qilishi haqidagi savolga javob berdi.
"O'ylaymanki, bu ishni juda yaxshi bajaraman. Ammo, mening keksa otam Barri Xirn bu ishda mendan yaxshiroq. Muammo shundaki, Boris Jonson bu lavozimga loyiq emas, boshqalar ham. Demak, haqiqatan ham foydasiz insonmiz. SHunday emasmi? Bizni oldinda juda ko'p o'zgarishlar kutib turibdi.
Bu siyosiy intervyu emas. Lekin, bizga mamlakatni boshqara oladigan aqlli odam kerak. Xalqni tushunmaydigan maktab o'quvchisi emas", - dedi Eddi Xirn.
Eslatib o'tamiz, 7 iyul kuni Boris Jonson Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini tark etgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar