14 iyu 09:25
Yangiliklar
Eddi Xirn CHisora uchun katta jang tashkil etmoqchi
SHu bilan birga Xirn britaniyalik bokschini katta jangga loyiqligini takidladi.
"Bu jang juda og'ir kechdi. SHunday bo'lishini bilardik. Pulev Darekning boshini orqasiga zarba bermoqchi bo'ldi. Ammo, CHisora hammasini to'g'ri bajardi. U g'alabaga loyiq edi.
Jang murosasiz o'tdi va hakamlarning qarorini kutar ekanman, quyidagi so'zlarni takrorladim: "Iltimos, yo'q!". Derek sportga borini berdi va barchasi uchun bu g'alabaga loyiq edi.
Agar CHisoraning kuchiga shubha qilayotgan bo'lsangiz, u Top-10dagi yigitni mag'lub etganini eslang.
Keling, uni kelajakda nima kutayotganini taxmin qilamiz. Aytishim kerakki, Derek katta qalb sohibi, u hech qachon to'xtamaydi. Nega endi unga katta jang tashkil qilib bermaslik kerak?" — deya Xirnning so'zlarini keltiradi DAZN.
Eslatib o'tamiz, CHisora Pulevni 116-114, 116-112, 112-116 hisobida mag'lub etdi va vakant bo'lgan WBA International kamarini qo'lga kiritdi.
Fikrlar