05 noy 18:51
Yangiliklar
Boks/MMA
Eddi Xirn Dmitriy Bivolning keyingi jangi qachon bo'lishini aytdi
Yarim og'ir vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni, rossiyalik Dmitriy Bivol keyingi jangini 2024 yilning yanvar oyida o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda uning promouteri, "Matchroom Boxing" promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn malum qildi.
"Bivol yanvar oyida ringga qaytishni o'ylayapti. Ehtimol, u 13 yanvar kuni Las-Vegasda jang qilar. Keyin esa biz Artur Beterbiev bilan jang tashkillashtirishni xohlaymiz. Biz bu jangni amalga oshirish uchun harakatni boshlaganmiz", - dedi Xirn.
Bivol 2022 yilning noyabr oyidan buyon jang o'tkazganicha yo'q. U oxirgi jangini meksikalik Xilberto Ramiresga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan edi.
Malumot o'rnida, 13 yanvar kuni Kanadada tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida Artur Beterbiev Kallum Smit bilan jang qiladi.
Havola :
Manba : Мир Бокса
Fikrlar