13 okt 11:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn Dmitriy Bivolning navbatdagi jangi haqida gapirdi
Yarim og'ir vazn (79,4 kg gacha) toifasida mutlaq jahon chempioni Dmitriy Bivolning menejeri Eddi Xirn mijozining navbatdagi jangi tafsilotlarini ochiqladi.
"Bivol operaciya qilindi. U jarohatdan tiklanish bosqichida, bu juda yaxshi o'tmoqda. Biz 2026 yil boshida jang o'tkazishni rejalashtiryapmiz", - dedi Xirn Fight Hub TV YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Fevral oyida bo'lib o'tgan so'nggi jangida Bivol faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni hamyurti Artur Beterbievga taqdim etgan va mutlaq jahon chempioniga aylangan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar