07 okt 13:20
Yangiliklar

Eddi Xirn Joshua - Fyuri jangi nima sabab tashkil etilmasligini aytdi
Promouterning so'zlariga ko'ra, qisqa vaqt ichida top sportchilar o'rtasida jang o'tkazish borasida kelishib bo'lmaydi.
"Taxminan ikki-uch hafta oldin Bob Arum bu jang tashkil etish imkoni yo'qligini aytdi. Keyin u: "Hammasi kelishilgan, bu Eddi Xirnning aybi" dedi. SHunday qilib meni ayblash oson. Rostini aytsam bunga ko'nikib qoldim, qarshiligim yo'q.
Bunday katta janglarni ikki haftada tashkil qilib bo'lmaydi. Haqiqat shundaki, agar ikki jangchi turli teleradiokompaniyalar bilan kelishuvlarga ega bo'lsa, bu ko'p vaqtni talab etadi. Albatta, biz vaqtni boy berdik. SHunday ekan, buyog'iga nima bo'lishini bilmayman. O'tgan payshanbadan beri "Queensberry" bilan aloqaga chiqmadim", - dedi Xirn talkSPORTʼga bergan intervyusida.
Fikrlar