25 may 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/220108_220.jpg)
Eddi Xirn Kanelo - Golovkin jangi haqida gapirdi
Promouter Eddi Xirn Saul Alvares va Gennadiy Golovkin o'rtasidagi bo'lajak uchinchi jang haqida fikr bildirdi.
"Golovkinni Murata bilan jang uchun bazida tanqid qilaman, ammo u bolani qattiq do'pposladi. O'ylaymanki, Kanelo so'nggi jangdagi mag'lubiyatdan so'ng yanada jahldor bo'ladi, shuningdek u Gennadiyga nisbatan, Gennadiyning ham unga nisbatan o'zaro hisob-kitoblari bor.
Demak, yigitlar g'alaba uchun barcha ishni qilishadi. Supero'rta vazn toifasiga o'tish Golovkinga yordam beradi deb o'ylayman. U Yaponiyadagi jangda charchagandek ko'rindi. Ushbu vaznda Golovkinga yaxshi bo'ladi.
Bu qattiq jang bo'ladi va ishonchim komilki, bahs 12 raund davom etadi", - dedi Xirn.
Eslatib o'tamiz, bokschilar o'rtasidagi uchinchi jang 17 sentyabr kuni o'tkaziladi.
Havola :
Manba : Boxing News 24
Fikrlar