So’nggi yangiliklar

13:12"Агар дю Плесси Чимаевни енгса, P4P рейтингда Махачевдан ўтиб кетади" - собиқ чемпион 0 12:51Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида гапирди 0 12:30Бугун Фомин Genesis Traiding Cup турниридаги иштирокини бошлайди 0 12:09Нодирбек Абдусатторов Saint Louis Rapid & Blitz турнирида иштирок этади 0 11:48PFL раҳбарияти Фрэнсис Нганнудан норози 0 11:27Хосеп Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этиши керак" 0 11:06"Чимаевга ҳатто профессионал лицензия ҳам бермасдим" - Дю Плессининг мураббийи 0 10:45Бивол IBF`дан камарнинг мажбурий ҳимоясини тиббий томондан кечиктиришни сўради 0 10:24"Qonaev Cup 2025". Суяровда яна ғалаба ва бошқа натижалар 0 10:03ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди 0 09:42Ига Свёнтек Потаповага бешта гейм берди 0 09:21Ўзбекистон ва Қозоғистондан Осиё чемпионати финалига неча нафардан боксчи етиб келди? (Барча жуфтликлар) 0 09:00UFC on ESPN 72 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 08:39"Эшитдик-да". Роналдиньо ва Луиш Фигу Тошкентга келади! 0 08:18Цинциннати "Мастерс". Янник Синнер рақибини сезмади 0

20 iyu 07:26
Yangiliklar

Boks/MMA

Eddi Xirn: "U diviziondagi barchani mag'lub eta oladi"

Mashhur promouter Eddi Xirn engil vazn toifasidagi qarama-qarshilik - Devin Xeynining mutlaq chempionligi va Lomachenkoning divizionidagi holati haqida gapirdi.

"Jervonta Devisning imkoniyatini yuqori baholagan bo'lardim. U kuchli zarbaga ega. SHuningdek, o'ta mahoratli bokschi. Ammo, Devin Xeyni hozirda mutlaq jahon chempioni va u divizionida etakchilik qilmoqda.

Rayan Garsiya ilgari katta janglar o'tkazmagan. Lekin bunday kechalar uchun Garsiya yaxshi variant. U Lyuk Kempbell ustidan g'alaba qozondi. Rayan Devin Xeyni yoki Jervonta Devisni mag'lub eta olarmidi?

Rostini aytsam, Rayan Garsiya va Jervonta Devis o'rtasidagi jang divizionidagi eng shov-shuvlisi bo'ladi. Katta auditoriya va muxlislarga ega bokschilar. Biroq, ulardan boshqa yaxshiroq janglar ham bor.

Vasiliy Lomachenkoni ham esdan chiqarmaslik kerak. U divizionidagi barchani mag'lub eta oladi. Teofimo Lopesga qarshi jangda u jarohat olgandi. Nima bo'lgan taqdirda ham buni o'zgartirib bo'lmaydi. 

Lomachenko, Xeyni, Garsiya va Devis — ajoyib to'qnashuvlar bo'lishi aniq. Avvaliga bokschilar bir-biri bilan, so'ng Kambosos bilan jang qilishsin. Keling, Jorjni bu ro'yxatga qo'shmaymiz", - dedi Xirn.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing