11 noy 21:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Edvards Masvidalni jang qilishdan bosh tortgani uchun haqorat qildi va Usmanga yuzlandi
Britaniyalik UFC jangchisi Leon Edvards Xorxe Masvidalning jangdan olinganidan ortiqcha xayron qolmagani haqida gapirdi.
"Bundan xafa bo'ldim. Ammo, to'g'risini aytsam, bu qallob men bilan jang qilishni istamayotganini bilardim. U shunchaki sovrin uchun yo'ldagi bir nuqta edi. Maqsad o'sha-o'sha! Kamaru Usman, tez orada ko'rishamiz!", - deydi Leon Edvards.
Eslatib o'tamiz, Masvidalning jang qila olmasligi malum bo'lganidan so'ng, Xamzat CHimaev oktagonga chiqishga tayyorligini bildirgandi. Leon Edvardsning hozirda o'ntalik mag'lubiyatsiz seriyasi bor.
Havola :
Manba : mmajunkie.com
Fikrlar