29 avg 07:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Egis Klimas Lomachenko va Devis o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi
Uch vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenkoning menejeri Egis Klimas mijozining Jemeyn Ortisga qarshi bo'lajak jangi haqida gapirdi.
Klimasning so'zlariga ko'ra, Vasiliy o'z divizionida oson raqib bilan jang qilmoqchi emas.
"Lomachenko qiyin jangga rozi bo'ldi. SHuning uchun biz Loma va Usikni yaxshi ko'ramiz. Biz oson yo'llarni qidirmayapmiz. Muxlislar zerikmasligi uchun qiziqarli janglar bo'lishini xohlaymiz.
Albatta, Xeyni bilan jang oson bo'lmaydi. Devin engil vazn toifasida eng yaxshi bokschilardan biri. Xeyni, Jervonta Devis, Rayan Garsiya kabi yaxshi bokschilar divizionda juda kam.
Jervonta bilan jang ham juda yaxshi variant. Lomachenko barcha kamarlarni qo'lga kiritgandan keyin Devis bilan jang qilgani maqul. Bu jang juda qiziqarli bo'ladi", — dedi Klimas ESNEWS kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar