05 avg 18:36
Yangiliklar
Gimnastika, Tokio-2020
Ekaterina Fetisova: SHokdaman...
Tokiodagi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishi bugun aniq bo'lgan sportchimiz Ekaterina Fetisova o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Juda ham baxtliman. SHokdaman... Murabbiyim Vlasova Liliya Vildanovna bilan birgalikda Tokioga uchib ketdim. Aynan shu inson sababli 2019 yilda bo'lib o'tgan jahon chempionatida 20 o'rinni egalladim. Mendan yuqorida yakunlagan 19 nafar sportchida licenziya borligi sababli men Olimpiadaga boradigan bo'ldim. Bu men uchun imkoniyat. Xudo xohlasa yaxshi ishtirok etaman. O'zbekiston gimnastika federaciyasiga minnatdorchilik bildiraman. 1.5 yil davomida jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rdim. Sabinaga esa tezroq tuzalib ketishini tilab qolaman",-degan Fetisova.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar