30 sen 11:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Elnur Abduraimov professional boksdagi ilk jangini o'tkazdi
Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Elnur Abduraimov bugun AQSHda professional boksdagi birinchi jangini o'tkazdi.
Ushbu bahsda hamyurtimizga mezbon bokschi Aron Jamil Xollis raqiblik qildi. Quvonarlisi, Elnur ushbu jangda raqibini nokautga uchratdi va prof ringdagi faoliyatini g'alaba bilan boshladi.
Malumot uchun, Xollis bugungi kungacha professional boksda 12ta jang o'tkazgan. Ularning 4tasida g'alaba qozongan (2tasi nokaut bilan). 8ta jangda esa mag'lubiyatga uchragan (5tasi nokaut).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar