18 may 16:35
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/219143_220.jpg)
Elshod Rasulov: "Aziza ham, Mohira ham yarim finalda faqat g'alaba uchun ringga ko'tarilishadi"
O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Elshod Rasulov jahon chempionatida ortda qolgan chorak final bahslari va bugungi yarim finallar haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Jahon chempionatidan qaysidir manoda ko'nglim to'ldi. CHunki, qisqa vaqt ichida bokschi qizlarimizni ushbu nufuzli musobaqaga tayyorlash oson bo'lmadi. Lekin, qizlarimiz nomdor bokschilarga qarshi munosib raqobat ko'rsata olishdi.
Bugun o'tkaziladigan yarim final janglari haqida gapiradigan bo'lsak, men shogirdlarimga ishonaman. Aziza ham, Mohira ham faqat g'alaba uchun ringga ko'tarilishadi va u bor kuch-g'ayratlarini ishga solishadi", - deya fikr bildirdi Elshod Rasulov O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati vakili bilan suhbatda.
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar