So’nggi yangiliklar

16:01Емельяненко ва Махачев жаҳон самбосининг расмий элчилари бўлишди 0 15:30"Барселона" мавсумнинг дастлабки 15 та ўйинида 60 та гол урди — бу бир аср ичидаги энг яхши кўрсаткич 0 14:59Карлос Пратес UFC`даги гонорарини маълум қилди: "Жуда хурсандман!" 0 14:28Мерганларимиз Жаҳон чемпионатида тарихий бронза медалини қўлга киритди 0 13:57Дакар-2026 ёшлар Олимпиадасида бугун бир спортчимизга мухлислик қиламиз 0 13:26Ислам Махачев фаолиятини якунлаши ҳақида: "Онамга қулоқ соламан" 0 12:45"Манчестер Юнайтед"нинг 16 ёшли тарбияланувчиси "Реал"га ўтишга яқин турибди 0 12:14Тедди Ринер Ўзбекистонга келади 0 11:43Махачев UFC'даги учинчи чемпионлик ҳақида: "Бунинг учун Ўзбекистонда қолиб бир ой ош ейишим керак" 0 11:12Бугун Акбар Жўраев Жаҳон чемпионатида медаль учун курашади 0 10:51Жезуш Роналдунинг Португалия терма жамоасидаги фаолиятини якунлаш қарорига муносабат билдирди 0 10:09Тошкентда самбо бўйича 50-жаҳон чемпионати бошланди 0 22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0

21 okt 08:05
Yangiliklar

Boks/MMA

Elshod Rasulov Osiyo chempionatiga tayyorgarlik, yakuniy tarkib va asosiy raqib haqidagi savollarga javob berdi

Teglar :  Elshod Rasulov
Iordaniya davlati mezbonligida o'tkaziladigan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati boshlanishiga ham oz vaqt qolmoqda.

Ushbu musobaqaga O'zbekiston ayollar terma jamoasi vakillari ham qizg'in tayyorgarlik ko'rishmoqda. Biz tayyorgarlik jarayoni yuzasidan ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Elshod Rasulovning fikrlari bilan qiziqdik. 

-Osiyo chempionatiga tayyorgarlik qanday o'tmoqda? 

Iordaniyada o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik yaxshi davom etmoqda. Ayni paytda tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib boryapmiz. O'quv-mashg'ulot yig'ini poytaxtimizda, O'zbekiston boks federaciyasida o'tkazilmoqda. 


-Iordaniyaga boradigan yakuniy tarkibni aniqlab oldingizmi? 

-Ayni paytda bizda 20 nafar bokschi nazoratimizda. Osiyo chempionati uchun esa 10 nafar bokschini tanlab olamiz. Demak, hozircha yakuniy tarkib aniq emas. Qita birinchiligida 10 ta vazn toifasida ishtirok etamiz. -81 kg hamda +81 kg vazn toifasidagi qizlarimiz bazi sabablarga ko'ra musobaqada qatnashishmaydi. -48, -50, -52, -54, -57, -60, -63, -66, -70, -75 kg vazn toifalarida bokschi qizlarimiz Osiyo chempionatida medallar uchun kurashishadi. 


-Tarkib nima asosida shakllantiriladi?

-Asosiy tarkibda 20 nafar qizimiz bor. Ular o'z vaznlarida O'zbekistonda 1 va 2-raqam hisoblanishadi. Tayyorgarlikdan qaysi sportchilarimiz muvaffaqiyatli o'tsa, kim ruxan va jismonan tayyor bo'lsa murabbiylar shtabi bilan birgalikda aynan o'shalarni tanlab olamiz. 


- Asosiy raqib sifatida qaysi mamlakat bokschilari kutilmoqda? Xitoy xam tanaffusdan so'ng Osiyo chempionatida qatnashishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

- Yaxshi bilasiz, Osiyoda ayollar bokschi yaxshigina rivojlangan va kuchlilar ko'p. Xitoy, Hindiston, Qozog'iston, Yaponiya, Koreya, Tailand, Xitoy Taypeyi kabi mamlakat qizlari biz uchun asosiy raqib hisoblanishadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing