13 okt 16:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Emelyanenkoni nokaut qilgan Ismailov navbatdagi jangini "Xalk"ka qarshi o'tkazadi
ACA (Absolute Championship Akhmat) Magomed Ismailovning keyingi jangi Ivan SHtirkov bilan o'tkazilishini rasman tasdiqladi.
Ismailov - SHtirkov qarama-qarshiligi 12 dekabr kuni o'rtaog'ir vazn toifasida o'tkaziladi. Jang "ACA 115" turniri doirasida o'tkaziladi. Bu jang qaerda tashkillashtirilishi hali nomalum.
34 yoshli Ismailov 19 jang o'tkazgan, shulardan 16 tasida g'alaba qozongan, 2 mag'lubiyat va bir bor durang qayd etgan. Magomed Ismailov oxirgi jangini 24 iyul kuni o'tkazib, unda rossiyalik Aleksandr Emelyanenkoni mag'lub qilgan edi. "Rossiyalik Xalk" laqabi bilan mashhur SHtirkovning hisobida esa 19 ta jang bor. Ularning 17 tasida g'alaba, bir mag'lubiyat va bir durang qayd etilgan.
Havola :
Manba : ACA
Fikrlar