09 mar 18:01
Yangiliklar
Tennis
Endi Marrey Rossiya va Belarus tennischilarining Uimbldonda qatnashishi yuzasidan fikr bildirdi
Britaniyalik tennischi Endi Marrey rossiyalik va belaruslik tennischilarning Uimbldon-2023 musobaqasiga qo'yilishi bo'yicha o'z fikrlarini bildirdi.
"Haqiqatdan ham oson bo'lmagan vaziyat. O'tgan yili musobaqani o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan tennischilarni tushunib turibman. Ammo shu bilan birga Uimbldonni ham bunday qarorga kelish oson bo'lmaganini tushunaman.
Tushunishimcha, ular o'ynashlari mumkin va bu qaror sabab aqldan ozib qolmoqchi emasman. Lekin Uimbldon tashkilotchilari boshqa yo'lni tanlashlarini ham to'g'ri tushungan bo'lardim", - dedi Marrey.
Havola :
Manba : The Athletic
Fikrlar