05 sen 09:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Endi Ruis - Luis Ortis jangi to'liq davom etdi
Biroz avval Los-Anjelesda katta boks oqshomi o'z yakuniga etdi.
Ushbu boks oqshomining markaziy jangida superog'ir vaznning sobiq chempioni Endi Ruis (34-2-22 KO) hamda chempionlik kamariga ikki bor davogarlik qilgan kubalik Luis Ortis (33-2-28 KO) to'qnash keldi.
Jang to'liq 12 raund davom etdi va yakunda Ruis hakamlar qaroriga ko'ra g'alaba qozondi – 113:112, 114:111, 114:111. Ortisning jangda uch bor nokdaun holatiga tushganini qayd etish joiz.
Bugungi jangdan so'ng Ruis Tayson Fyurining WBC kamariga majburiy davogarga aylandi. Unga maxsus nishon ham topshirishdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar