30 dek 12:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Endi Ruis tayyorgarlikni boshladi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Endi Ruis uzoq tanaffusdan so'ng tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Uni meksikalik bokschi Saul Alvaresning murabbiyi Eddi Reynoso tayyorlamoqda.
«Jiddiy ravishda tayyorgarlikni boshlab yubordim. To'g'ri yo'ldaman deb umid qilaman. Eddi singari murabbiy bilan hali hech qachon ishlamaganman. U juda kuchli. Mashg'ulotlarda allaqachon 9 kg vazn tashladim», - dedi Ruis.
Eslatib o'tamiz, Ruis so'nggi bor o'tgan yilning dekabr oyida Entoni Joshuaga qarshi ringga ko'tarilib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar