So’nggi yangiliklar

07:32Роналду "Ал Наcср"нинг "Нефтчи" устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди 0 21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0

02 iyu 09:07
Yangiliklar

Boks/MMA

Endi UFC jangchilari CHimaevdan qo'rqishmaydi

Xamzat CHimaevni engish mumkinmi? Aftidan Berns bizga buni isbotlagan ko'rinadi.

Asli chechen bo'lgan shveciyalik jangchi Xamzat CHimaev yarim o'rta vazn toifasida UFC'dagi eng yorqin yulduzlardan biri hisoblanadi. Aynan shu vaznda nigeriyalik jangchi Kamaru Usman chempionlik kamariga egalik qilayotgan bo'lsa-da, uning "taxti" uchun kechayotgan kurash avjida. 

Bu kurashda ko'zga tashlangan jangchilardan biri Mishel Pereyra bo'lib, so'nggi beshta jangida g'alabali seriya qayd etib kelmoqda. To'g'ri, braziliyalik asosan ochkolar hisobida raqiblarini mag'lub etgan. Lekin nima bo'lganda ham bu natijalar unga kuchli raqiblar bilan jang qilish imkonini beradi.

"Agar Masvidal men bilan jang qilishni istamasa, muammo yo'q. Ertami-kech uni engaman. Neyt Diaz bilan ham jang qilmoqchiman. CHunki biz bir nechta shapaloq almashishimiz va tomoshabinlarni xursand qilishimiz mumkin. Men diviziondagi boshqa jangchilarga ergashmayman. Gilbert Berns, Kamaru Usman, Kolbi Kovington va Xamzat CHimaevni bilaman. Aytgancha, agar UFC CHimaevga raqib qidirayotgan bo'lsa, men bo'shman", — dedi Pereyra.

Braziliyalik jangchi nutqida Xamzatning ismini aytgani kutilmagan voqea bo'ldi. Yaqin vaqtgacha hech kim CHimaev bilan jang qilishni xohlamas edi. Deyarli barcha yulduzlar engilmas chechen bilan jang qilish taklifiga rad javobini berishgan. Nisbatan kuchsiz bo'lgan raqiblar Xamzat bilan jang qilishga rozi bo'lishardi. Ular uchun CHimaevga qarshi oktagonga ko'tarilish yaxshigina pul ishlash imkonini bergan. Endilikda kuchli jangchilar CHimaevga "vyzov" tashlamoqda. Xo'sh, bunga sabab nima?

UFC  273 turnirida Xamzat CHimaev tajribali Gilbert Bernsni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi. Bu jangda shveciyalik faoliyatidagi 11-g'alabasini qo'lga kiritdi. Ammo, bu g'alabaga u osonlikcha erishgani yo'q. Bernsga qarshi jangda CHimaevning kamchiliklari borligi yaqqol namoyon bo'ldi. Aytish mumkinki, CHimaevning "stoyka"dagi himoyasi yuzaki bo'lib chiqdi. Murabbiyning gapiga quloq solishni istamagani esa Xamzat uchun qimmatga tushishi mumkin edi.

Bularning hech biri CHimaevning yaxshi jangchi ekanligiga tasir qilmaydi. U ilk bor MMA yulduzini mag'lub etdi. Aytish mumkinki, jang juda qiziqarli o'tgandi, CHimaev raqibga ajoyib hujumlar yo'lladi va shu bilan birga o'zining zarblarga bardoshli ekanligini isbotladi. Ammo, raqiblar Xamzatni oddiy jangchi ekanligini tushunishdi va yaqin orada CHimaev tomon kuchli jangchilardan chorlovlar borishi aniq.

Reyting: +3   

Fikrlar

   
02 iyu 09:51:53
aristokrat5559
Аввал Бёрнс бн жанг килиб кур Хамзатни кегин биласан
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing